31 may kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Çexiya Respublikasi taşqi işlar vazirining kiçik örinbosari Ivan Yançarekni qabul qildi.
TIV matbuot xizmati xabariga köra, Yançarek vazirliklararo maslahatlaşuvlar, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Taşqi savdo vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasida ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş va Xorazm viloyatiga taşrif buyuriş maqsadida Özbekistonga kelgan.
Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalarda Özbekiston-Çexiya hamkorligining hozirgi holati va rivojlantiriş istiqbollari hamda xalqaro maydonda, xususan Özbekiston-Yevropa Ittifoqi şaklida aloqalarni kengaytiriş masalalari muhokama qilingan.
Muzokaralarda Özbekiston va Çexiya prezidentlari örtasidagi maktub almaşinuvi nuqtayi-nazaridan Özbekiston-Çexiya muloqotini faollaştiriş masalalari, iqtisod, sanoat, fan va texnika sohalarida hamkorlik qiliş böyiça Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini ötkaziş vaqti hamda birgalikdagi boşqa tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almaşildi.
Şu kunning özida TIVda Özbekiston-Çexiya siyosiy maslahatlaşuvlarining oltinçi raundi bölib ötdi. Maslahatlaşuvlarda ikki tomon kun tartibidagi qator masalalar hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar batafsil körib çiqildi.
Tadbirlarda Çexiya Elçisi Yaroslav Siro iştirok etdi.












