"Nima uçun şarbat qutilari uçburçak yo aylana emas, aynan törtburçak şaklida?", "Qopqoq ostidagi folga qayerdan paydo böldi?", "Nima uçun qadoqdan şarbatning bori tuşmaydi?", "Soçnaya dolina"ning barça turlarini aralaştirilsa, nima hosil böladi?" Eng yoş va qiziquvçan iste'molçilar uçun kompaniya tomonidan taşkillaştirilgan InterSok zavodi böylab sayohat davomida "nima uçun", "qanday qilib" degan savollarning adoği bölmadi.

Ma'lumki, bolalar fikri - obektiv va adolatli böladi: agar nimadir yoqsa, samimiy va çin dildan, yoqmasa... Heç qanday uriniş uning  nordon narsani şirin, zerikarlisini esa quvnoq deb aytişga majbur qila olmaydi. Umuman olganda, ekskursiyalarda iştirok etayotgan bolalarni köndirişga hojat ham yöq. Quvonçdan porlayotgan közlar, samimiy xursandçilik, hammasini körişga, bilişga, sinab körişga bölgan iştiyoq - muvaffaqiyatning eng yaxşi isboti.

InterSok zavodini tekşirişga borgan ilk qaldirğoçlar Facebook'dagi maşhur «Potrebitel.uz» guruhi iştirokçilari bölişdi. 2017 yilning yanvarida bolalar va ota-onalar quvnoq "desant"i avtobuslarga ötirib, poytaxtning Bektemir tumaniga yöl oldi. «Soçnaya dolina», VIKO, Pro100Sok savdo markalarining şarbat va nektarlari, «UP» savdo markasining yangi format (125 ml)dagi bolalar şarbatlari va nektarlarini işlab çiqaruvçi korxona şu yerda joylaşgan.

Qiziqarli sayohatda bolalarga «Fiksiki» multfilmi qahramonlari Nolik va Simka hamrohlik qilişdi. Bolalar va qizlar mazali mahsulotlarni işlab çiqarişning barça bosqiçlari bilan tanişib çiqişdi, bölğusi şarbat va nektarlarning asosi - ulkan suvli tankerlar, meva konsentrati bölgan boçkalarni körişdi. Mutaxassislar izoh berişdi: şarbat - bu tozalangan suv va şakarsiz meva konsentrati, nektar esa - xuddi şuning özi, lekin tarkibida şakar bor. Heç qanday "kimyo" va zararli konservantlar yöq. «Soçnaya dolina» savdo markasida yuz foiz tabiiy şarbatlarning uç xili bor: olmali, uzumli va tomat şarbati. Assortimentda jami - 16 xil ta'm. Bolalar ularni munosib baholaşdi: ekskursiya oxirida ularning barçasi öz sevimli içimligini qölga kiritadi.