GM Uzbekistan Qozoğistonning avtotransport vositalarini işlab çiqaruvçi milliy kompaniyasi AllurGroup bilan birgalikda Qöstanaydagi "SaryarkaAvtoProm" işlab çiqariş maydonçasida Ravon Nexia R3 modelini seriyali işlab çiqarişni boşladi.
Ravon Nexia R3 sedani işlab çiqarilişi zavodning mavjud quvvatlarida amalga oşiriladi. Hamkorlikning keyingi bosqiçi işlab çiqariluvçi modellarning kengaytirilişi bölişi mumkin.
Ravon’ning Qozoğistondagi rasmiy distribyutori "Uzavto Aziya" kompaniyasi mavjud dilerlik tarmoği orqali işlab çiqarilayotgan maşinalarni sotişni amalga oşiradi.
Bugungi kunda Qozoğistondagi hamyonbop avtomobil segmentida Ravon Nexia R3 narx-sifat nisbatini hisobga olgan holda iste'molçi uçun eng jozibador model hisoblanadi. Uşbu maşinani Qozoğistonda işlab çiqarilişi hisobiga imtiyozli kreditlaş dasturi orqali xarid qiliş mumkin böladi.
2017 yilning 4 oyi natijalariga köra, Ravon Nexia R3 qozoğistonliklar tomondan talab katta bölgan yengil avtomobillar reytingida yetakçi örinlarni egallamoqda.












