30 may kuni Toşkent şahrida videoselektor yiğilişi ötkazildi. Unda 2017 yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan va Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz hududlariga taşriflari davomida işlab çiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oşiriş borasidagi işlarning holatini tanqidiy tahlil qiliş va baholaş masalalari körib çiqildi. Bu haqida ÖzA xabar berdi. 

Yiğilişda ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas'uliyat, talabçanlik va taşabbuskorlik yetişmayotgani, buning oqibatida köpgina investitsiya loyihalarini amalga oşirişda sustkaşlikka yöl qöyilayotgani qattiq tanqid qilindi. Jumladan, şu yilning birinçi yarmida 10 loyiha böyiça obektlarni işga tuşiriş muddatlari asossiz ravişda keçiktirib yuborilgani, 9 loyihani moliyalaştiriş böyiça şartnomalar tuziş, 10 loyiha yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaş işlari paysalga solib kelinayotgani aniq misollar bilan körsatib ötildi. Tarmoqlar rahbarlari va loyihalar taşabbuskorlari oldiga ana şunday muammolarni tezlik bilan hal qiliş, bu boradagi qoloqlik holatlarini bartaraf etiş qat'iy vazifa qilib qöyildi.

Davlat rahbari investitsiya loyihalarining öz vaqtida va sifatli amalga oşirilmasligi oqibatida zamonaviy obektlarni işga tuşiriş muddatlari keçikişi, bu esa talab yuqori bölgan mahsulotlarning bozorga yetib borişiga, qança-qança odamlar, avvalo, yoşlarning iş bilan ta'minlanişiga salbiy ta'sir körsatişini ta'kidlab, bunday holatlarga yöl qöygan mutasaddi rahbarlarga nisbatan qat'iy çoralar körilişi haqida ogohlantirdi.

Yiğilişda investitsiya loyihalarini amalga oşirişdagi sustkaşlik sabablaridan biri eng quyi tizimda, ya'ni, taşabbuskor tuzilmalar va loyiha institutlari darajasida tegişli hujjatlar yetarliça puxta işlab çiqilmasligi bilan boğliq ekani qayd etildi.

Ötkazilgan örganiş va tahlillardan ayon bölmoqdaki, ayrim istiqbolsiz loyihalarni Investitsiya dasturiga kiritiş holatlari mavjud bölib, ularning moliyalaştiriş manbalari va maqsadli strategiyasi aniq belgilanmagan, kutilayotgan natijalar böyiça zarur hisob-kitoblar işlab çiqilmagan.

Şu munosabat bilan davlatimiz rahbari tomonidan tegişli vazirlik va idoralarga ikki oy muddatda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning strategik vazifalaridan kelib çiqqan holda, Investitsiya dasturini şakllantiriş va uni amalga oşiriş, istiqbolli investitsiya loyihalari bazasini yaratiş böyiça me'yoriy-huquqiy bazani takomillaştiriş yuzasidan qaror loyihasini işlab çiqiş va tasdiqlaş uçun kiritiş haqida topşiriqlar berildi.

Bu borada kelgusi yil uçun möljallangan Investitsiya dasturiga faqat puxta işlab çiqilgan, loyiha-smeta hujjatlari tayyor va moliyalaştiriş manbalari aniq bölgan investitsiya loyihalarini kiritişga alohida e'tibor beriş zarurligi ta'kidlandi.