"GM Uzbekistan" AJ 1 iyundan özi işlab çiqaradigan avtomobillar narxini oşirişni rejalaştirmoqda. Narxlar 25-30 foizga oşişi taxmin qilinmoqda.
31 mayning ikkinçi yarmida uşbu masala böyiça majlis ötkazilişi belgilangandi. Uning yakuniga köra, Özbekiston Vazirlar Mahkamasining avtomobillar narxining oşişi böyiça qarori qabul qilinadi.
Avvalroq Kun.uz 1 iyundan boşlab "GM Uzbekistan"ning barça avtomobillari sömda sotilişi yölga qöyilişini ma'lum qilgandi. Şuningdek, kompaniya 2017 yilning 29 mayidan 31 mayigaça yangi şartnomalarni tuziş va avtomobillarni berişni vaqtinçalik töxtatgan.

















