Saudiya Arabistoni poytaxtidagi Al-Ahliya xususiy maktabi hududida yuz bergan otişma tufayli ikki kişi halok böldi. Bu haqda Ar-Riyod politsiyasi bayonotida aytilgan.

"Ar-Riyod maktablaridan birida ikki kişi halok böldi, jinoyatçining şaxsi hozirça aniqlanmadi. Yangi ma'lumot paydo bölişi bilan rasmiy bayonot beriladi", - deya ta'kidlanadi politsiya xabarida.

Saudiyaning "Ajil" yangiliklar portalining xabar berişiça, xususiy maktabda yuz bergani otişmada bir kişi halok bölgan, yana bir inson jarohat olgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, iroqlik sobiq öqituvçi maktab ma'muriyati bilan kelişmovçilik tufayli öt oçgan. Bangladeşdan bölgan maktab xodimi ham jarohat olgani aytilmoqda. Portal ma'lumotiga köra, maktab direktori – falastinlik omon qolgan.

Xavfsizlik kuçlari hujum qilgan şaxsni qölga olişga urinmoqda, u hozirga qadar maktab içida qolayotgan bölişi mumkin.