Maxsus xizmatlarning noqonuniy uslublarini foş qiliş bilan şuğullanuvçi WikiLeaks portali asosçisi Julian Assanjning ma'lum qilişiça, AQŞdagi radiodasturga boşlovçilik qiliş böyiça qator takliflarni körib çiqmoqda.

Assanj 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elçixonasida qolmoqda – öşanda u Ekvador hukumatiga siyosiy boşpana beriş haqida murojaat qilgan, bu uning WikiLeaks’dagi faoliyati tufayli Şvetsiya hukumati AQŞga ekstraditsiya qilişi mumkinligi tufayli yuz berdi.

"AQŞdagi bir neça radiostansiyalar menga elçixonadan turib har haftalik radiodasturga boşlovçilik qilişni taklif qilişdi. Bu yaxşi ğoyami? Uning şakli va nomi böyiça takliflar bormi?", - deya yozdi Assanj Twitter’da.

Fox News telekanali va uning şarafiga nomlangan radiodastur boşlovçisi Şon Xenniti Assanjga öz örnini taklif qildi. "Siz meni almaştirişingiz mumkin, men 550 ta radiostansiyadan havo mavjlariga çiqaman va 14 millionga yaqin tinglovçi eşitadi", - deya yozdi Xenniti Twitter’da.

"Men bu taklifni körib çiqmoqdaman. Mening jismoniy imkoniyatlarim, bu unça oson keçmasligini anglatadi", - deya ma'lum qildi Assanj CNN telekanaliga.

Avvalroq Şvetsiya prokuraturasi  Julian Assanjga nisbatan jinsiy tajovuz va zörlaş işi böyiça tergov harakatlari töxtatilgani haqida ma'lum qilgandi. London politsiyasi esa Assanj elçixonani tark etsa, hibsga olinişi haqida ma'lum qildi.