Sobiq armiyaçi, telba «italyan» va eng kuçli şved — Yevropaning şartnomasi yakunlangan eng kuçli futbolçilari röyxatidan örin olişdi, deb yozadi championat.com
Villi Kabalero
Darvozabon, 35 yoş

APLda «Mançester Siti» — transfer bozoridagi eng tajovuzkor öyinçilardan biri hisoblanadi. Yangi mavsum oraliğida Gvardiola jamoasining eng dastlabki yangi öyinçilaridan biri «Benfika» darvozaboni Edison böldi, şayxlar darvozabonning oldingi xöjayinlari bilan sönggi mayda-çuyda detallarni kelişib olişsa bas. Aftidan, Klaudio Bravo «Siti»da yangi mavsumni ikkinçi raqamli darvozabon sifatida boşlaydigan körinadi, şu sababli Pep 35 yoşli darvozabonni erkin agent sifatida bemalol qöyib yuboraverişi mumkin. May oyining boşlarida Kabalero Mançesterda yangi şartnoma imzolanişidan umidvor bölganini hisobga olsak, u öz karerasini yakunlamoqçi emas. Kabalero uçun hozir ikki yöl qolgan — Ispaniya La Ligasiga qaytiş yoki jonajon Argentina çempionatida iştirok etiş.
Bakari Sanya
Öng qanot himoyaçisi, 34 yoş

«Siti»ning yana bir faxriysi 34 yoşida kuç-quvvatga va öynaş istagiga töla. «Men maydonda doimiy öynaşni istayman, Fransiya terma jamoasiga qaytib, jahon çempionatida ham iştirok etmoqçiman», — degandi yaqinda Sanya öz niyatlarini oşkor etib. Frantsuz Angliyada qolişni eplay olmasa kerakku-ya, lekin vatanida «Marsel» unga e'tibor qaratgan, bu jamoa ötgan transfer darçasida APLning boşqa bir afsonasi Patris Evrani Fransiyaga qaytargan edi. Darvoqe, Gvardiola yana bir öng qanot himoyaçisi Pablo Sabaletaga ham javob bergan, lekin u tezda yangi jamoa topib oldi va «Vest Hem» bilan şartnoma ham imzolab böldi.
Gael Klişi
Öng qanot himoyaçisi, 31 yoş

Bu orada «Siti»ning yana bir sobiq öyinçisi bilan italyanlar qiziqib qolişgan. Klişi uçun biryöla uç top-klub: «Roma», «Inter» va «Napoli» kuraşga kirişişgan. Kuçli jamoalardan taklif bölayotganiga qaramasdan, fransuz öz karerasiga yakun yasaş haqida öylab qolgan. Yaqindan boşlab u elektron musiqaga boşi bilan şönğib qolgan va kelajakda dijyey bölib, Yevropa böylab gastrolga çiqişni va tölib-toşgan zallarni yiğişni orzu qilmoqda.



















