GM Uzbekistan AJda işlab çiqariluvçi avtomobillarning yangi narxlari ma'lum böldi. 

Avvalroq GM Uzbekistan AJ 1 iyundan özi işlab çiqaradigan avtomobillar narxini oşirişni rejalaştirgani, narxlar 25-30 foizga oşişi taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Biroq Kun.uz muxbirining avtosalonlardan biridan olgan hamda narxlar körsatilgan ma'lumotda ularning ösişi ança katta ekanini köriş mumkin. 

Eslatib ötamiz, Prezident qarori bilan 1 iyundan boşlab GM Uzbekistan barça avtomobillari sömda sotilişi yölga qöyiladi. Şu sababli ham bir qator avtomobillarning aprel oyi oxiridagi va yangi jadvaldagi narxlarini sömda keltirib ötamiz.

Demak, yangi narxlarga qaraganda, aprel oxirlarida “Damas”ning DLX modifikatsiyasi 33 mln 463 ming söm turgan bölsa, yangi narxi – 44 mln 330 ming söm.

“Matiz”ning ML30Kt0 modeli 34 mln 69 ming söm turgan bölsa, MX s/k V54’da yangi narxi – 45 mln 102 ming söm.

Spark LT A/T 46 mln 232 ming söm turgan bölsa, yangi narxi – 69 mln 218 ming söm.

Neksiya 3 – LTZ A/T 62 mln 800 ming söm turgan bölsa, yangi narxi – 78 mln 834 ming.

Kobalt LTZ A/T – avvalgi narxi 79 mln 569 ming söm edi, yangi narxi – 88 mln 715 ming.

Lasetti CDX A/T – avvalgi narxi 81 mln söm edi, yangi narxi – 119 mln 274 ming söm böldi.

Orlando LTZ A/T – avvalgi narxi 96 mln söm, yangi narxi – 124 mln 436 ming söm.

Captiva 2,4 LTZ – avvalgi narxi taxminan 150 million söm atrofida, yangi narxi – 209 mln 987 ming söm.

Ta'kidlab ötiş joizki, narxlar xaridni amalga oşirgan kundagi AQŞ dollarining davlat kursi böyiça hisoblanadi. Bundan taşqari, GM Uzbekistan avtomobillari endi faqat sömda sotiladi, lekin narxlar dollarga boğlangan. Dollarning rasmiy kursi özgarişiga qarab, avtomobillarning narxi ham har hafta özgarib turadi.