«Benfika»ning braziliyalik yoş darvozaboni Santana Ederson «Mançester Siti»ga transfer qilindi.

Uşbu 23 yoşli futbolçining transfer qiymati 40 million yevroni taşkil qiladi. U bilan 2022 yilgaça şartnoma tuziladi.

Qayd etilişiça, «Benfika» uşbu futbolçining transfer huquqidan 50 foiziga egalik qiladi, transferdan tuşgan mablağning qolgan qismi Edersonning avvalgi jamoasi «Riu Ave» va Jorj Mendeşning agentlik kompaniyasi (Gestifute) örtasida bölib olinadi.

Şu tariqa, Ederson dunyo futboli tarixidagi eng qimmatbaho darvozabonlardan biriga aylandi. 2001 yilda «Yuventus» «Parma»ga Janluidji Buffon uçun 33 million funt tölagan va bu eng yuqori körsatkiç bölib qolmoqda.

Yakunlangan mavsumda u Portugaliya çempionatining 27 uçraşuvida maydonga tuşgan, 18 uçraşuvda gol ötkazmagan. U mavsumdagi barça turnirlar doirasidagi 39 uçraşuvda 26 gol qöyib yuborgan.