Toşkent viloyati hududida 2017 yilning 25-31 may kunlari oraliğida 85ta jinoyat sodir etilgani qayd etildi. Şundan: 5tasi qasddan badanga oğir şikast yetkaziş, 1tasi bosqinçilik, 29tasi öğirlik, 12tasi giyohvandlik, 1tasi nomusga tegiş, 1tasi transport vositasini olib qoçiş, 2tasi firibgarlik, 7tasi iqtisodiy va 24tasi boşqa jinoyatlarni taşkil qiladi.
Sodir etilgan 85ta jinoyatning 76tasi "issiq izidan" foş etilgan va tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda, foş etilmagan 9ta (1tasi transport vositasini olib qoçiş, 6ta öğirlik, 1ta bosqinçilik, 1ta özga jinoyatlar) jinoyatlar böyiça aybdorlarni qidirib topiş va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortiş borasida barça çoralar körilmoqda.
Bu haqda Toşkent viloyati IIBda bölib ötgan matbuot brifingida ma'lum qilindi. Qidiruvda bölganlardan jinoyatçilardan 18 nafari uşlanib, 8ta jinoyat foş etildi.
Şu bilan birga, 2017 yilning yozgi mavsumida viloyat hududida joylaşgan 49ta bolalar dam oliş oromgohlarida 70 ming nafardan ortiq bolalar dam olişlari rejalaştirilgani munosabati bilan ğamxörlik işçi guruhi tuzildi. Oromgohlarning 37tasi Böstonliq tumanida, 4tasi Parkent tumanida, 2tasi Angren şahrida, 5tasi Bekobod şahri, Ohangaron, Piskent, Qibray va Örtaçirçiq tumanida joylaşgan.
Işçi guruh a'zolari Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi bilan hamkorlikda bolalarni soğlomlaştiriş oromgohlariga xavf soluvçi tabiiy omillar, oromgohlarning yonğinga qarşi holati, harakat xavfsizligi holati va oromgohlarning atrof hududi öralganligini monitoring tariqasida örganib, körikdan ötkazdi.
















