Özbekiston terma jamoasi va «Lokomotiv» klubi sobiq boş murabbiyi Vadim Abramov Farğonada iş boşladi, deya xabar bermoqda championat.asia sayti.

Manba bergan xabarga köra, Vadim Abramov «Neftçi» klubi boş murabbiyiga aylangan. Hozirça uning farğonaliklar bilan şartnomasi borasida boşqa ma'lumotlar yöq.

Eslatib ötamiz, keça Farğona klubi rahbariyatida özgarişlar yuz bergani haqida xabar berilgandi. Klub rasmiy sayti «boş murabbiy Andrey Fyodorov jamoaga yangi boş murabbiy topilgunga qadar vaqtinça işlab turişini» ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uçun, Vadim Abramov 1991-1992 yillarda «Neftçi»da futbolçi sifatida faoliyat olib borgan.