Futbol böyiça ayollar örtasidagi YeÇL finalida Fransiyaning «Lion» jamoasi futbolçi qizlari «PSJ» a'zolarini mağlub etişdi. Uçraşuv Kardiffda (Uels) bölib ötdi.

Bahsning asosiy va qöşimça vaqti 0:0 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa «Lion» futbolçi qizlari ustun kelişdi – 7:6. Penaltilar seriyasida «PSJ» golkiperi hal qiluvçi xatoga yöl qöygan bölsa, uning raqib jamoadagi hamkasbi ğalaba töpini kiritdi.

«Lion» ayollar örtasidagi YeÇLda qatorasiga ikkinçi yil va musobaqa tarixida törtinçi marotaba ğalaba qozondi.