AQŞning Kaliforniya, Vaşington va Nyu-York ştatlari gubernatorlari AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ iqlim böyiça Parij kelişuvidan çiqişini e'lon qilganiga qaramasdan, bu kelişuv maqsadlariga sodiq qolişlarini ma'lum qilişdi. Bu haqda Hill naşri xabar bermoqda.
Avvalroq Tramp kelişuvdan çiqiş qarorini ma'lum qildi. Uning fikriça, kelişuv AQŞga nisbatan "öta adolatsizdir" va uning iqtisodiy manfaatlariga putur yetkazib, Xitoy va Hindiston kabi boşqa davlatlarni boyitadi. Tramp Parij kelişuvi örniga yangi bitim tuzişni taklif qildi. Uning fikriça, bu bitim AQŞga nisbatan adolatliroq böladi.
"Prezident iqlim özgarişi xayol ekanligini aytgan, bu esa dunyoning barça olimlariga oçiqçasiga qarşi borişdir", deb aytdi kelişuvdan çiqişga norozilik bildirayotgan uçta ştat rahbari nomidan Kaliforniya gubernatori Jyerri Braun. Ta'kidlanişiça, bu uçta ştatning umumiy iqtisodiyoti AQŞ iqtisodiyotining beşdan bir qismini taşkil qiladi.
"Haqiqatga qarşi kuraşiş Amerika uçun ham, boşqa biror kim uçun ham yaxşi strategiya hisoblanadi, deb öylamayman. Agar prezident özboşimçalik bilan bu öta muhim taşabbusdan voz keçişga qaror qilgan bölsa, unda Kaliforniya va boşqa ştatlar özlariça yöl tutadilar", deb qöşimça qildi Braun.
Gubernatorlar "AQŞning iqlim alyansi" deb atalgan ştatlar koalitsiyasi Parij kelişuvining tamoyillariga amal qilişdan özga maqsadlarni közda tutmaydi.
Vaşington gubernatori Jyey Inslining aytişiça, iqlim böyiça javobgarlik endi töliq ştat va şaharlar zimmasiga yuklanadi. Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo öz navbatida Tramp ma'muriyatini "ular yetakçilikdan voz keçib, boşqa davlatlarga nisbatan bir qator orqaga ötirdilar", deb aybladi.












