"Yandeks" kompaniyasi Kiyev va Odessadagi ofislarini yopmoqda, deb ma'lum qildi "Yandeks"ning jamoatçilik bilan aloqalar böyiça direktori Oçir Manjikov.

"Yandeks. Ukraina" kompaniyasi sanksiyalar röyxatiga kiritilgan va Ukrainada faoliyat olib borolmaydi. Jumladan, kompaniyaning barça hisob raqamlari tösib qöyilgan va biz xodimlarga maoş tölay olmayapmiz", deb ma'lum qildi Manjikov.

Avvalroq Ukraina huquq-tartibot idoralari "Yandeks" ofisida tintuv ötkazgani ma'lum qilingandi. Ukraina xavfsizlik xizmati kompaniya xodimlarini davlatga xiyonat qiliş va ukrainaliklarning şaxsiy ma'lumotlarini berişda gumon qilib, tergov tadbirlari taşkil etgan. Şuningdek, tergov tadbirlari Ukraina hukumatining "Yandeks" resurslari hamda "VKontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarini taqiqlagani bilan ham boğlangan.