Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş tizimi samaradorligini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni e'lon qilindi.
Farmon bilan quyidagilar Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari etib belgilandi:
tinçlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularning oqibatlarini bartaraf etiş, gidrotexnika inşootlarining barqaror işlaşi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kiçik hajmdagi kemalardan bexatar foydalaniş, suv inşootlarida fuqarolarning hayoti va soğligini himoya qiliş sohasida yagona davlat siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
favqulodda vaziyatlar yuzaga keliş xavfi va omillarini oldindan aniqlaş, ular vujudga kelişini barvaqt profilaktika qiliş va oldini olişni ta'minlaş;
aholiga fuqarolarning hayoti, soğligi yoki mulkiga xavf-xatar tuğilganda kompleks yordam körsatiş, xalq bilan muloqotni, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari bilan bu borada özaro yaqin hamkorlikni mustahkamlaş va kengaytiriş, mavjud xavf-xatarlar töğrisida aholini öz vaqtida ogohlantiriş va xabardor qiliş;
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimini hamda Özbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasini rivojlantiriş va boşqaruvini ta'minlaş;
favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelişi va rivojlanişi xavfini kompleks monitoring va prognoz qilişni ta'minlaş, mazkur sohada gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar olib boriş;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş sohasida davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy xokimiyat organlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari va boşqa taşkilotlar faoliyatini, uşbu maqsadlar uçun moliyaviy, oziq-ovqat, tibbiyot va moddiy-texnik resurslarning davlat zaxira fondlarini taşkil etişga doir işlarini muvofiqlaştiriş va ularning samarali hamkorligini taşkil etiş;
favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, mamlakat aholisi va hududlarini muhofaza qiliş, gidrotexnik inşootlar, kiçik hajmli kemalardan foydalaniş xavfsizligini samarali nazorat qiliş, suv havzalarida aholi xavfsizligini ta'minlaş, şuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obektlari faoliyatining barqarorligini oşirişga qaratilgan tadbirlarni tayyorlaş, ötkaziş va muvofiqlaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar hamda maqsadli ilmiy-texnik dasturlar işlab çiqişni taşkil etiş va amalga oşiriş;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalangan holda aholini, mansabdor şaxslarni hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilişga tizimli tayyorlaş işlarini taşkil etiş va amalga oşiriş;
yuqori malakali kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, gidrometeorologik va boşqa favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş sohasida ilmiy-tadqiqot işlarini taşkil etiş va amalga oşiriş.
Bundan taşqari, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş böyiça hukumat va hududiy komissiyalari taşkil etiladi.
Quyidagilar Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş böyiça hukumat komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilandi:
favqulodda vaziyatlarda ularning oldini oliş va harakat qiliş davlat tizimini takomillaştiriş va yanada rivojlantirişning asosiy yönalişlarini belgilaş;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilişga qaratilgan eng muhim masalalarni körib çiqiş, vazirliklar, idoralar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, şaharlar va tumanlar hokimliklarining vazifalarini belgilaş va qaror qabul qiliş böyiça takliflar tayyorlaş;
har yili favqulodda vaziyatlarning oldini oliş samaradorligini oşirişga qaratilgan fuqaro muhofazasi (bahor mavsumida) hamda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiliş (kuz mavsumida) oyligini taşkil etiş va ötkaziş;
mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, fuqarolar özini özi boşqariş organlarining avariya, halokat, tabiiy va boşqa ofatlar oqibatida jabrlangan fuqarolar, şuningdek, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etişda iştirok etgan şaxslarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qiliş, tibbiy reabilitatsiya qiliş masalalari böyiça faoliyatini muvofiqlaştiriş;
moliyaviy va moddiy resurslar davlat zaxiralarini taşkil etişni ta'minlaş, şuningdek, ulardan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş maqsadida foydalaniş böyiça takliflar işlab çiqiş;
favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni bartaraf etiş borasida xalqaro hamkorlikning asosiy yönalişlarini belgilaş.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini, şuningdek, fuqaro muhofazasi sohasida mutaxassislar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlari töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalarini bir hafta muddatda kiritiş vazifasi topşirildi.












