Fransiyalik hujumçi Antuan Grizmann Madridning «Atletiko» klubida qolişga qaror qilgan. Bu haqda işonçli manbalariga asoslangan holda Radio Onda Cero xabar tarqatdi.
Şu vaqtgaça Grizmanni yozgi transferlardagi asosiy maqsadi hisoblab kelgan «Mançester Yunayted» ham uni xarid qiliş rejasini keyinga qoldirgan.
Futbolçining özi may oyida bergan intervyularidan birida mankunianliklar jamoasiga ötişi ehtimolini yuqori baholagandi, köp ötmasdan u «Atletiko» rahbariyatidan özini qöyib yuborişni söragani haqida xabarlar tarqaldi.
Ammo 1 iyun kuni Sport arbitraj sudi «Atletiko»ga yozgi transferlar vaqtida yangi futbolçilarni sotib olişga qöyilgan taqiqni bekor qilmasligi ma'lum bölgaç, futbolçi klubda qolişga qaror qilgan.
Grizmann tvitterdagi sahifasida Çempionlar ligasining yakunlangan mavsumi 1/4 finalida «Lester»ga urgan golini nişonlayotgani tasvirlangan suratni joyladi va şunday izoh qoldirdi: «Endi harqaçongidan ham ortiqroq «Atletiko» bilan birgaman».
Grizmann yakunlangan mavsumda jamoasi safida jami 53 uçraşuvda maydonga tuşib, 26 gol urdi.












