Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpin ŞHTga a'zo davlatlar rahbarlari Kengaşi yiğilişida va Ostona şahridagi «Ekspo–2017» körgazmasi oçiliş marosimida iştirok etadi, deyiladi XXR TIV rasmiy vakili Lu Kang tomonidan e'lon qilingan xabarda.
ŞHT sammiti 8–9 iyun kunlari Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida bölib ötadi.
«Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan XXR raisi Si Jinping 7 iyundan 10 iyunga qadar Qozoğistonga rasmiy taşrif uyuştiradi, Şanghay hamkorlik taşkilotiga a'zolarining davlat rahbarlari Kengaşining 17-yiğilişida, şuningdek, Ostona şahridagi «EKSPO»ning oçiliş marosimida iştirok etadi», — deyiladi XXR TIV rasmiy saytija e'lon qilingan xabarda.
ŞHT — 2001 yilda Xitoy, Rossiya, Qozoğiston, Tojikiston, Qirğiziston va Özbekiston yetakçilari tomonidan asos solingan xalqaro taşkilot hisoblanadi. 2016 yil iyunida Özbekistonda ötkazilgan sammitda Hindiston va Pokistonning ham taşkilotga a'zo qilib olinişi haqida memorandum imzolangan edi.
Ayni paytda ŞHTda Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston kuzatuvçi-davlatlar, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka hamkor davlatlar maqomiga ega.












