Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya “Sberbank”i rahbari: balki hukumat tepasiga ayol kishi kerakdir
Foto: RIA "Novosti"
Rossiyaning “Sberbank”i rahbari German Gref Peterburg iqtisodiy forumida chiqish qilib, Rossiya Bankining pul siyosatini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
«Eng asosiysi – bizning pul siyosatimiz radikal o‘zgardi, inflyatsiya darajasi barqarorlashdi. Ilk bor Markaziy bankning va'dalariga erishilmoqda va hattoki ortig‘i bilan bajarilmoqda», - dedi u.
Bundan tashqari, Grefning ta'kidlashicha, «erkaklarga nima qilish kerakligi haqida aniq vazifa berilishi lozim bo‘lsa, ayollarga bunday ko‘rsatmalar shart emas va Nabiullina xonim (MB rahbari) bunday o‘ta murakkab sharoitlarda o‘z ishini qurishga muvaffaq bo‘ldi. Markaziy bank juda katta ko‘lamdagi ishlarni bajargani xalqaro maydonda ham tan olindi».
«Islohotlar o‘tkazish haqida qanday fikrdasiz? Balki, bizga hukumat tepasida ayol kishi kerakdir?», - dedi u, Hisob palatasi rahbari Tatyana Golikovaga Rossiyada tuzilmaviy iqtisodiy islohotlar o‘tkazish lozimligi haqidagi masala bilan murojaat qilib.
Avvalroq Rossiya sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin Rossiya va uning hukumati iqtisodiyot sohasidagi islohotlarga, «qo‘ldan chiqarilgan o‘n yillikdan» so‘ng ham tayyor emasligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:13 / 28.02.2026
XVJ Kiyevga 8 mlrd dollarlik to‘rt yillik kreditni ma’qulladi
14:52 / 28.02.2026
Nemsovning o‘ldirilganiga 11 yil: YeI jinoyat haqida eslatdi
12:20 / 28.02.2026
“Drujba” atrofidagi bahs: Zelenskiy Fitsoni Kiyevga taklif qildi
09:10 / 28.02.2026