AQŞ prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Kanada boş vaziri Jastin Tryudo va Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey bilan telefon muloqoti ötkazib, AQŞni iqlim böyiça Parij kelişuvidan olib çiqiş haqidagi qarorini tuşuntirib berdi.
Tramp suhbat çoğida barça 4 yetakçiga bu masala böyiça olib borgan "oçiq, sermazmun munozaralari" uçun minnatdorçilik bildirgan.
U, şuningdek, xorijlik hamkasblarini "Amerika avvalgidek Transatlantik alyans va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça qat'iy sa'y-harakatlar tarafdori ekanligiga" işontirdi.
Tramp muloqot davomida AQŞ zararli çiqindilarni kamaytiriş borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erişgani va ekologik toza energetika texnologiyalarini rivojlantirişga kömak berayotganini ta'kidlab ötdi. Uning aytişiça, AQŞ uning ma'muriyati vaqtida Yerdagi eng sof va ekologik toza davlatga aylanadi.
"Barça yetakçilar muloqotni davom ettirişga hamda kelgusida ekologik va boşqa masalalar böyiça hamkorlikni faollaştirişga kelişib oldilar", deb aytilgan xabarda.
Avvalroq Tramp Oq uydagi marosimda AQŞning iqlim böyiça kelişuvdan çiqişini e'lon qilgandi. Tramp AQŞ Parij kelişuviga qayta kiriş yoki "AQŞ, uning korxonalari, işçilari, odamlari va soliq tölovçilari uçun adolatli şartlarga asoslangan yangi bitim" tuziş böyiça muzokaralar olib borişni boşlaşini aytgan.
Yevropa Ittifoqi ma'muriyati hamda ittifoqning bir qator yetakçi davlatlari Trampning bu qaroridan hafsalalari pir bölganini ma'lum qilişgan.












