AQŞning Alyaska ştatidagi Ankorij şahrida golf maydoniga öyin vaqtida yugurib çiqqan ayiq tasvirga olindi. Video YouTube’dagi Storiful kanalida joylaştirildi.

Videodan körinişiça, daraxtlar orasidan çiqib kelgan ayiq golf töpi tuşiriladigan çuqurça yonida örnatilgan bayroqça yoniga kelib, orqa panjalariga turib, bayroqni itarib, söngra çetga qoçgan.

Söngra ayiq maydondagi erkaklar uni hayqiriqlar bilan haydaşga harakat qilayotgan vaqtda ulardan birining sumkasini hidlab körib, undan nimanidir tumşuği bilan olib, yana örmonga qarab ketgan.