Microsoft kompaniyasi Windows Insider dasturi iştirokçilari uçun Windows 10'ning 16212 raqami ostidagi test variantini işga tuşirdi, biroq bu smartfon va planşetlardagi tizimning buzilişiga olib kelmoqda. MSPoweruser portali operatsion tizimning yangi versiyasini örnatişni tavsiya qilmaydi.
Manbada ta'kidlanişiça, bu versiya xato çiqarilgan bölib, u foydalanuvçilarga möljallanmagan. Ham Slow Ring, ham Fast Ring foydalanuvçilarida yangilangan versiyani örnatiş imkoni bölgan. Şuningdek apdeyt Windows Insider'ga kiriş imkoni bölmagan ba'zi foydalanuvçilarda ham mavjud ekanligi aytilmoqda.
Yangilaniş töxtovsiz yuklaş sikllarini yuzaga keltiradi va şu tariqa Windows 10'dagi smartfon va planşetlarni işdan çiqaradi. Muammoni hal qiliş uçun Windows Device Recovery Tool yordamida tizimni töliq qayta tiklaş taklif etiladi, bu fayllarning öçib ketişi va sozlamalarning boşlanğiç holatiga kelişiga sabab böladi. Kompyuterlarda hozirça 16212 bilan boğliq muammolar kuzatilmagan, lekin baribir uni örnatiş tavsiya etilmaydi.
Windows Insider Program — Windows 10 operatsion tizimining yangilangan versiyalarini rasmiy taqdimotidan avval oldindan baholovçi dastur.












