Bugun Kardiffdagi «Millenium» stadionida Italiyaning «Yuventus» va Ispaniyaning «Real» (Madrid) klublari örtasida final uçraşuvi bölib ötadi. Final öyini Toşkent vaqti bilan 23:45 da boşlanadi va yurtimizda Uzreport-TV orqali jonli efirda namoyiş etiladi.

Germaniyalik hakam Feliks Brix tomonidan boşqarilib boruvçi, Yevropada yilning eng muhim öyini juda köpçilikning diqqat markazida bölib turibdi. Muxlislar va mutaxassislar har ikki jamoaning finalda ğğalaba qozoniş imkoniyatlarini bab-barava sanaşmoqda.

Uşbu finalning boşqa yildagilaridan ajratib turuvçi intrigalik jihatlari ham köproq:

  • Zidan sobiq jamoasi «Yuventus»ga qarşi.
  • Iguainmi yoki Benzema?
  • Buffon, nihoyat, şu sovrinini yuta oladimi?
  • «Yuventus» sönggi 4 YeÇL finalni boy bergan, «Real» esa heç qaçon finallarda yutqazmagan — an'ana buzilarmikan?
  • Birdan ortiq jamoa bilan 4 marta YeÇL ğolibligi birinçi marta kimga nasib etadi: Ronaldugami yo Dani Alveşga?
  • «Real» YeÇLni ketma-ket 2 marta yutgan ilk jamoa böla oladimi?
  • Kriştianu Ronaldu YeÇLning uç finalida gol urgan ilk futbolçi böla oladimi?

Keling, jahon tan olgan mutaxassislarning fikrlari bilan ham tanişaylik.

Mattyeus: «Real» kuçli, lekin «Yuventus» yanada kuçliroq

Myunxenning «Bavariya» klubi va GFR terma jamoasi sobiq futbolçisi Lotar Matteus özining «The Sun» gazetasidagi kolonkasida bugungi finalda nega «Yuventus» favorit hisoblanişini tuşuntirib ötgan.

«Yuventus»–«Real» YeÇL finaliga xos va mos öyinlardan biri, ikki buyuk klub uçraşuvidir. Menga «Yuventus» favorit bölib körinmoqda, çunki turinliklar «Real»ga nisbatan ança uddaburon jamoa.

«Barselona» va «Monako»ga qarşi öyinlarda turinliklar öyinga nisbatan yondaşuvni özgartira olişlarini isbotalgan edi. Boz ustiga, Kellini, Bonuççi, Bartsali va hukmdor Buffondan iborat ularning himoya çiziği turnirdagi eng yaxşisi hisoblanadi. «Yuventus» 12 uçraşuvda 3 gol ötkazgan xolos, bu fenomenal natija!

«Yuventus» nafaqat himoyasi bilan matansa arziydi. Bu jamoa hujumni ham uyuşqoqlik bilan taşkillaştiradi. Turinliklar madridliklarga nisbatan ança ixçam harakat qilişadi. «Yuventus» maydonda bitta organizmdek öylaydi va öynaydi. Albatta, «Real» kuçli, lekin «Yuventus» yanada kuçliroq, — deb yozgan Matteus.