AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama Ştatlar rahbari lavozimidan ketganidan keyin birinçi marta xorijdagi tadbirda iştirok etmoqda. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi. 

6 iyun kuni Kanadaning Monrealida bölib ötadigan çiqişida Obama 6 ming kişiga yuzlanadi. 

Manbaga köra, uşbu anjuman şaharning 375 yillik yubileyi munosabati bilan taşkil etilgan. 

Konferentsiya çiptalari 12 mayda 15 daqiqada sotib bölingan. Bir çiptaning narxi 57-373 Kanada dollari atrofida bölgan.

Çiptalar, şuningdek, internet orqali kimoşdi savdosiga ham qöyilgan. Bir çiptaning minimal narxi - 1000, maksimal bahosi esa 1600-2000 Kanada dollarini taşkil qilgan.