Janubiy Koreya poytaxti Seul meri Pak Von Sun O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Seul meri Toshkentda O‘zbekiston vazirliklari va boshqarmalari hamda Toshkent hokimiyati vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Seul merining bo‘lajak tashrifining barcha jihatlari 2 iyun kuni Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi Kvon Yon U bilan o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.