Janubiy Sudanda 15 nafar kiçik yoşli bola qizamiqqa qarşi muvaffaqiyatsiz emlaniş natijasida hayotdan köz yumdi. Bu haqida mamlakat hukumati xabariga asoslanib, Daily Sabah ma'lum qildi. 

BMTda bolalarning "oğir sepsis"dan halok bölgani ta'kidlangan, soğliqni saqlaş vazirligi esa halokatda insonlarni ayblagan. Tört kunlik kampaniya davomida barça bolalar uçun bir şprits qöllangan, vaksina esa şu paytgaça salqin haroratda saqlanmagan. 

Qizamiq - Şarqiy Afrikaning fuqarolik uruşidan çarçagan noçor mamlakati oldidagi yana bir muammo bölib, oçlik va vabo qatorida turadi. 

Hukumat vakillarining sözlariga köra, vaksinatsiyadan halok bölgan bolalarning bari 5 yoşdan kiçik bölgan. Qizamiqqa qarşi vaksinatsiya kampaniyasi butun mamlkat böylab 2 milliondan ziyod bolani qamrab olgan. 

JSST Janubiy Sudan soğliqni saqlaş xodimlari uçun tibbiy tayyorgarlik maşğulotlarini ötkazadi, AQŞ bolalar agentligi esa hukumatga vaksinalarni yetkazib beradi.

AQŞ ma'lumotlariga köra, 2016 yilda Janubiy Sudanda kamida 2294 qizamiq bilan kasallaniş holati qayd etilgan, ulardan 28 nafari ölim bilan tugagan.

BMT bayonotiga köra, mamlakatdagi qizamiq xavfi "öta yuqori" hisoblanadi.