Avstraliyaning Pertida yaşovçi Karina va Kreyg Uoterslar ikki farzandi maktabni tugallaganidan keyin Fransiyaga köp sayohat qila boşlaşdi va oxir-oqibat bu mamlakatda şaxsiy köçmas mulk xarid qiliş haqida öylab qolişdi. Navbatdagi sayohatdan bir neça kun oldin ular internetda 1741 yilgi saroy sotuviga doir e'longa duç kelişdi va borib, şu uyni körişga qaror qilişdi. TJ şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi. 

Karinaning sözlariga köra, u uyni ilk marta körganida özini Jyeyn Ostin romanlarining birida yurgandek his qilgan. Juftlik faqat birinçi qavatdagi tört xonani körişga muvaffaq bölgan, qolgan 90 xona körişga yaroqli bölmagan. 

Uy qaçonlardir "Pirneylar qiroli" nomini olgan Lui Gaspar de Salga tegişli bölgan, biroq 300 yil ötib, bino kapital restavratsiyaga muhtoj bölgan. Devorlar, tösiqlar hamda ba'zi ustunlarga ziyon yetgan va zax tortgan, uy içida va uning tomida daraxtlar ösgan, binoda na elektr energiyasi va na suv quvuri bölmagan. 

Şunday bölsa-da, juftlik şu eski uyga "tuşuntirib bölmas yaqinlik"ni his qilgan va ikki yillik muzokaralardan söng, 2013 yilda uni 280 ming funtga sotib olgan. 

Hatto eng kiçik ta'mirlaş işlarini ham mutaxassislar bilan muvofiqlaştirişga töğri kelmoqda, çunki bino tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Quruvçilar ta'mirlov işlari jarayonida kutilmagan topilmalarga duç kelişmoqda - jağ suyagi fragmenti yoki qişloqqa olib çiquvçi tunnelning bir qismi bölişi mumkin bölgan yerosti yöllari va boşqalar.

Uoterslar oilasi saroyni muzeyga aylantirmoqçi emas, ular "dam oliş, xotirjam muhitda erkin nafas oliş" mumkin bölgan maskan barpo qilişmoqçi. Şu bilan birga bino 2017 yilda mehmonxona sifatida oçilişi ham mumkin, bir yil ötib esa, juftlik uyning restavratsiyasi haqida kitob çiqarmoqçi. 

Uyni ta'mirlaş işlari bilan asosan Karina şuğullanmoqda, çunki Kreyg Pertda işlaydi, ularning farzandlari ham öşa yerda ta'lim olişni davom ettirişmoqda. Ayol turli ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt oçib, yuzlab folloverlarga ta'mirlaş işlarining qanday borayotgani va "jonlanayotgan" uyda ötayotgan kunlar haqida sözlab beradi.