AQŞni immigratsiya sohasidagi farmonlar bilan himoyalab bölmaydi. Bunday tanqidiy fikrni AQŞ prezidenti Donald Tramp nomiga 4 iyunda ABC telekompaniyasi efirida AQŞning sobiq prezidenti Barak Obamaning milliy xavfsizlik böyiça sobiq yordamçisi Syuzan Rays bildirdi.

Rays AQŞda Londondagi kabi teraktlarga yöl qöymaslik çoralarining samaradorligi borasida berilgan savolga agar Trampning immigratsiya haqidagi farmoni amalga oşadigan bölsa, "AQŞda yaşaş xavfsizroq bölişiga isbotlar yöqligini" aytdi. "Aynan şuning uçun köpçilik federal sudyalar bu farmonga şubha bilan qaraşmoqda", deb ta'kidlab ötdi Rays. 

"Musulmonlarni yakkalab, biz eng köp hamkorlik qilişimiz kerak bölgan AQŞdagi jamoatni özimizga qarşi qilib qöymoqdamiz", deb tuşuntirgan öz fikrlarini Rays. Uning fikriça, terrorçilikni yakson qiliş "uzoq muddatli istiqbolga möljallangan çaqiriqdir". "Biz davlatlarimizda har birining harakatini oldindan biliş murakkab bölgan öz köyidagi ekstremistlar muqarrar paydo bölişini anglaşimiz kerak", deb aytdi Rays va razvedka samaradorligini oşiriş hamda Buyuk Britaniya kabi davlatlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş kerakligini ta'kidlab ötdi.

Tramp Londondagi teraktlardan keyin AQŞga bir qator musulmon davlatlari fuqarolarining kirişini taqiqlovçi immigratsiya farmoni ijrosini qayta tiklaş zarurligini aytdi. "Biz aqlli, ogoh va qattiqqöl bölişimiz kerak. Sudlar bizga huquqlarimizni qaytib berişlari lozim. Bizga xavfsizlikning qöşimça çorasi sifatida mamlakatga kirişni taqiqlovçi qonun zarur", deb yozgan Tramp tvitterda.

Avvalroq AQŞ federal sudlari Trampning immigratsiya farmonini tösiş haqida qaror çiqarişgan. AQŞga 7 ta musulmon davlati fuqarolariga 90 kunga kirişni taqiqlovçi farmon ijrosi Sietldagi federal sud tomondan töxtatilgan.