Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi korxonalarida kadrlar özgarişi yuz berdi.

Vazirlik axborot xizmatidan ma'lum qilinişiça, Gaziyev Amir Rustamoviç Radioaloqa, radiouzatiş va televideniye markazi Boş direktori lavozimiga tayinlandi. Gaziyev şu kunga qadar «Özbektelekom» AKning «Boş kommutatsiya markazi» direktori vazifasini bajarib kelgan.

Bungaça Radioaloqa, radiouzatiş va televideniye markazi Boş direktori vazifasini bajarib kelgan Ziyayev Ğolibşer Meliboyeviç vazirlikning Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi.