Beeline Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazorati inspeksiyasining da'vo arizasi böyiça 26,9 mlrd söm miqdorida jarima töladi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Boşqa operator - Ucell (Şvetsiya-Finlyandiyaning Telia Company şö'basi) ham jarimaga tortildi, u 17 mlrd söm tölaşga majbur böldi.

«Bu işda nafaqat Xalqaro elektroaloqa ittifoqi pozitsiyasiga e'tibor qaratilmagani, balki Özbekistonning köp yillik huquqni qöllaş amaliyoti ham çetda qolganiga qaramay, bizning kompaniya sud qarorini öz vaqtida vijdonan bajardi. Albatta, biz bozor iştirokçilariga nisbatan kuzatilayotgan ajratiş yölidan hafsalamiz pir böldi, bunda xorijiy sarmoyadorlar - Beeline va Ucell - davlat operatorlarining xuddi şunday jarimalaridan 40 barobarga köp bölgan sanksiyalarga uçramoqda», - deya ma'lum qildi Unitel (Beeline savdo markasi) boş direktori Dmitriy Şukov. 

Davlat inspeksiyasi har ikki kompaniyani ham radioaloqa normativlariga rioya etmaganlik, aynan esa – radiouzatgiçlarning böş turgani uçun jarimaga tortdi. Operatorlar bunday xizmatlarni taqdim etmasliklarini tasdiqlaganlar.

«Uyali aloqa kompaniyasiga umuman boşqa turdagi – radioaloqa, televideniye va radiouzatişdagi sifat normativlarini qöllaş böyiça, XEI tuşuntirişlariga qaramay, misli körilmagan holda bizni umuman xursand qilmayapti», - deya qöşimça qilib ötgan Şukov. 

Uning sözlariga köra, tartibga soluvçi idoraning harakatlarini taxmin qiliş muşkul bölib bormoqda, bu ham «optimizmni yöqqa çiqaryapti.

Eslatib ötamiz, avvalroq Beeline bilan interkonnekt böyiça işda sud UMS tomonini olgani xabar berilgandi.