Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalaniş qoidalarini tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Qoidalar diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari va Özbekiston Respublikasi hududidagi ularga tenglaştirilgan çet el davlatlari xalqaro taşkilotlarining vakolatxonalari radioaloqasiga taalluqli emas.

Har bir radioelektron vosita (REV) faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda radioçastota organlari tomonidan berilgan ruxsatnomalarga muvofiq örnatilişi va ekspluatatsiya qilinişi mumkin.

Radioçastota spektridan foydalaniş tartibi Özbekiston Respublikasi radioçastota spektridan foydalanişni tartibga soliş sohasida işlarni muvofiqlaştiriş böyiça idoralararo kollegial organ hisoblanadigan Radioçastotalar böyiça respublika kengaşi (RÇRK) tomonidan belgilanadi.

Radioçastota organlari bölib Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati hisoblanadi. Radioçastota organlari boşqa vazirliklar, davlat qömitalari va idoralar bilan bir qatorda RÇRK tarkibiga kiradi va uning a'zosi hisoblanadi.

Radioaloqa vositalaridan foydalanadigan yuridik va jismoniy şaxslar ruxsat beruvçi hujjatlar rasmiylaştirilganda, radioçastota organi bilan tuzilgan foydalaniş şartnomasida nazarda tutilgan radioaloqa vositalaridan foydalanişning belgilangan qoidalariga va şartlariga rioya qilişlari va foydalaniladigan radioaloqa vositalarining radionurlanişga belgilangan normalarga muvofiqligini ta'minlaşlari kerak.

 Radioçastota organlari radioelektron vositalarni ekspluatatsiya qiliş xususiyatlari bilan boğliq şaroitlarda, şuningdek alohida radioçastotalardan foydalaniş imkoniyati bölganda, belgilangan tartibda ulardan foydalanişni töxtatiş, töxtatib qöyiş yoki çeklaş huquqiga egadirlar.

Radioçastota organlari va Aloqa, axborotlaştiriş va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat böyiça davlat inspeksiyasi radioelektron vositalarni ekspluatatsiya qilişni, ularning belgilangan standartlar va normalarga nomuvofiqligi, fuqarolarning xavfsizligi, atrof-muhitni qöriqlaş ta'minlamagan holda, şuningdek alohida holatlarda belgilangan tartibda taqiqlaşlari mumkin.

RÇRK qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqt va (yoki) hudud böyiça radioçastota spektridan foydalaniş huquqini töxtatib qöyiş yoki çeklaşga ham haqlidir.