Eng yomon avtomobil yöllariga ega mamlakat sifatida Moldova tan olindi. Eng yaxşi yöllarga ega davlatlar reytingida esa Fransiya, BAA, Portugaliya va Ummon yetakçilik qilişmoqda.
World Economic Forum xalqaro taşkiloti eng yaxşi va yomon avtomobil hamda temir yölga ega davlatlarning reytingni tuzib çiqdi.
Eng yomon avtomobil yöllariga ega beş davlat içida Haiti, Ruminiya, Möğuliston va Gvineya bor. Moldova esa avtomobil yöllari sifati böyiça eng sönggi — 140-örinni egalladi.
Eng yaxşi yöllar önligiga, şuningdek, Şveytsariya, Avstriya, Hongkong, Finlyandiya va Germaniya kiritilgan. MDHning ayrim davlatlaridan Ozarboyjon — 60-örin, Tojikiston — 97-örin, Qirğiziston — 131-örin, Rossiya Federatsiyasi — 134-örin, Ukraina — 135-örinni egallagan. Özbekiston reytingga kiritilmagan.
Eng yaxşi temir yöl infratuzilmasiga ega ön davlat reytingi esa quyidagiça körniş olgan: Şveytsariya, Yaponiya, Hongkong, Fransiya, Singapur, Finlandiya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya va Janubiy Koreya.
MDH va Boltiqböyi davlatlaridan Ukraina (24-örin), Qozoğiston (29-örin), Rossiya (30-örin), Latviya, Gurjiston va Ozarboyjon (33–35-örinlar), Tojikiston (43-örin), Estoniya (44-örin), Moldova (68-örin), Qirğiziston (77-örin) jami 140 davlatni qamrab olgan reytingda öziga mos örinlarga joylaştirilgan. Özbekiston uşbu reytingga ham kiritilmagan.












