Apple kompaniyasi har yili dasturçilar uçun ötkaziladigan WWDC 2017 konferetsiyasida yangi iOS 11 operatsion tizimini taqdim etdi. Yangi tizimdagi asosiy özgarişlar – yangilangan qurilmani boşqariş markazi, iMessage messenjeri orqali pul ötkaziş va biroz yaxşilangan Siri ovozli yordamçi.
Qurilmani boşqariş markazi ustida “redizayn” amalga oşirildi va u endi bosilganda kengayadi.

Apple Pay tölov tizimi iMessage ilovasi orqali foydalanuvçilar orasida pul ötkazmalarini amalga oşiriş funksiyasiga ega böldi. Ötkazilgan pullar sistema hisobiga tuşadi va u yerdan pullarni smartfonga boğlangan bank kartasiga ötkaziş mumkin böladi.

Siri’da erkak ovozi yana-da tabiiyroq böldi. U endi darhol ingliz tilidan xitoy, fransuz, nemis, italyan va ispan tillariga tarjima qila oladi.
A taste of Siri's new, more natural male voice. #WWDC2017 pic.twitter.com/vsQgVqR6hY
— Lance Ulanoff (@LanceUlanoff) June 5, 2017
App Store ilovalar dökoni ham “redizayn”ga uçradi. Yangi dizaynda ma'lumotni kartoçkalar orqali körsatiş, şuningdek, kun tavsiyasi bölimi va öyin va ilovalar uçun alohida turkumga ega böldi.

iOS 11 sun'iy ongni örganiş uçun yangi yadroga ega böldi. Apple bergan ma'lumotga köra, yangi Core ML suratdagi inson yuzini Google va Samsung texnologiyalariga nisbatan 6 marta tezroq topa oladi.
Yangi operatsion tizimga şuningdek, qöşimça reallikka ega zamonaviy ilovalarni ham qöllab-quvvatlaş funksiyasi kiritilgan. Kreyg Federigi sözlariga köra, millionlab iPhone va iPadlar ARKit’ni qöllab-quvvatlaydi va şu tariqa iOS dunyodagi eng katta AR-sistemalardan biriga aylanadi.















