Qatar «Al-Qoida» terrorçilariga pul tölagani oşkor böldi. Dohadagilar buni garovga olingan qirollik oilasi a'zolarini qutqariş evaziga tölangan pul sifatida tuşuntirişga urinişmoqda.

Financial Times’ning Qatar hukumati vakillari va dala qömondonlariga asoslanib xabar berişiça, amirlik rahbariyati xalqaro terrorçilarga 1 milliard AQŞ dollari tölaganini tan olgan. Ta'kidlanişiça, bu pullar janubiy Iroqqa ovga borganida terrorçilar tomondan garovga olingan qirollik oilasi a'zolarini ozod qiliş uçun tuzilgan kelişuvning bir qismi bölgan.

Manbaning sözlariga köra, pullar Qatar qirollik oilasining a'zolarini ozod qilişdan taşqari, Suriyada ekstremistlar tomonidan hibsda saqlanayotgan yana 50 kişini ozod qiliş uçun ham işlatilgan. Dohada aytilişiça, pullar «Al-Qoida» bilan boğliq terrorçilik guruhlariga ham, Eron hukumatiga ham berilgan.

FT’ning qatarlik manbalari kelişuv aprel oyida amalga oşirilganini ta'kidlaşmoqda.

5 iyunda bir qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişlarini e'lon qilişdi. Ular orasida Saudiya Arabistoni, Liviya, BAA, Bahrayn, Misr kabi davlatlar bor. Ular öz qarorlarini Qatar rasmiy hukumati IŞID va «Musulmon birodarlar» kabi terrorçilik taşkilotlarini qöllab-quvvatlagani bilan tuşuntirişgan.

5 iyun kuni Saudiya Arabistoni hukumati öz hududida Qatarning «Al-Jaziyra» telekanali ofisini yopib qöygan. Telekanal Fors körfazi davlatlari koalitsiyasiga qarşi harakat qilayotgan husiyçilar laşkarlari faoliyatini qöllab-quvvatlagani bunga sabab qilib körsatilgan.