Muhitdinov Erkin Madorbekovich O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 5 iyundagi tegishli qarorida so‘z yuritilgan.
Bungacha amaldor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati Aholi bandligi va turmush darajasi masalalari Shu'ba mudiri lavozimida ishlagan.
















