Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişgandan keyin bu davlatga qand lavlagidan olinadigan şakar eksportini töxtatdilar. Bu haqda 5 iyun kuni Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Qatar şakarni asosan Saudiya Arabistoni va BAAdan oladi. Uşbu davlatlar Qatarga yiliga 100 ming tonnaga yaqin şakar yetkazib berişadi.   

Avvalroq axborot agentligi Qohira Doha bilan diplomatik aloqalarni uzişini e'lon qilgandan bir neça soat ötib Misr banklari Qatarning kredit taşkilotlari bilan hamkorlikni töxtatganlarini ma'lum qilgandi. Bundan taşqari, Qatarning QE All Share fond bozorining indeksi savdolar vaqtida 8 foizdan köproqqa tuşib ketgan. 

5 iyunda 6 ta arab davlati (BAA, Misr, Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Yaman va Liviya) hamda Maldiv va Mavrikiy Qatarni terrorçilikni qöllab-quvatlaşda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzişga qaror qildilar.