Amerikalik tergovçilarning fikriça, rus xakerlari Qatar davlat axborot agentligiga hujum qilişgan va AQŞning Fors körfazi hududidagi yaqin ittifoqçilari örtasida inqiroz paydo bölişiga olib kelgan soxta xabarni e'lon qilişgan. Bu haqda CNN amerikalik amaldorlarga asosan xabar berdi.
Xabarga köra, FQB Dohaga Qatar hukumatiga xakerlar iştirokidagi hodisani suriştirişda yordam körsatiş uçun tergov guruhini jönatgan.
«AQŞ xavfsizlik xizmatlari tomonidan yiğilgan ma'lumotlar, Qatar hukumati ikki hafta avval ilk bora ma'lum qilgan hujumga rus xakerlari aloqador ekanini körsatdi», - deya xabar berdi telekanal.
Qatarning Vaşingtondagi elçixonasining xabar berişiça, tergov davom etmoqda, uning natijalari yaqin orada e'lon qilinadi.
May oyida qator davlatlar Qatarning Eron haqidagi ijobiy kayfiyatdagi va AQŞ prezidenti Donald Tramp tanqid qilingan yangiligini tösib qöyişgani ma'lum qilingandi. Qatarda ma'lum qilişlariça, bu yangiliklar xakerlik hujumi tufayli e'lon qilingan, hamda şu sababdan haqiqiy emasdir.













