Hyperloop One kompaniyasi nafaqat AQŞda, balki Yevropada ham yölovçilarni juda tez manzilga yetkazuvçi treklarni barpo etişni rejalaştirmoqda. Yaqinda kompaniya loyihada iştirok etiş huquqini qölga kiritiş uçun ötkazilgan tanlov natijalarini e'lon qildi. Tanlovda Yevropaning qator şahar va mamlakatlari qatnaşdi. Hyperloop One taklif etilgan yönalişlardan 9tasini tanlab oldi. Yönalişlarni tanlaş jarayonida texnik jihatdan amalga oşiriş imkoniyati va iqtisodiy samaradorligi e'tiborga olingan. Şunday qilib qurilişning dastlabki loyihalari quyidagiça:
Korsika — Sardiniya (451 km);
Estoniya — Finlandiya (90 km);
Germaniya (1991 km);
Polşa (415 km);
Ispaniya — Marokaş (629 km);
Niderlandiya (428 km);
Buyuk Britaniya: şimoldan janubga (666 km);
Buyuk Britaniya: şimoliy şaharlar orasida (545 km);
Buyuk Britaniya: Şotlandiya — Uels (1060 km).
Ta'kidlanişiça, Estoniya va Finlandiya, Ispaniya va Marokaş örtasidagi yönalişlarning bir qismi suv ostidan ötişi ham qayd etilgan.
Bunda Hyperloop One maxsus tunnellarni barpo etişi kerak böladi. Biroq, ekspertlar kompaniya bu borada qator muammolarga duç kelişi mumkinligini aytmoqda.
Ularning sözlariga köra, kompaniya rahbariyati ayni vaqtda yer usti Hyperloop tarmoği haqida boş qotirsa maqsadga muvofiq bölar edi. Şundan keyingina, yer osti tunnellarini öylaş vaqti kelişi mumkin. Bu vaqtda Ilon Mask ham ança tajriba orttirgan böladi.












