Bir qator arab davlatlari Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzganidan keyin qatarliklar dökonlardan katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilişga tuşib ketişdi. "Supermarketlarda sut, guruç, tuxum, tovuq göşti katta miqdorda sotib olinmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari maşinalarga bosib olib ketilmoqda", deb ma'lum qilmoqda mahalliy OAV. Qatar 90 foiz oziq-ovqat mahsulotlarini import qiladi. Import qilinuvçi oziq-ovqat mahsulotlarining katta qismi hozirda yopib qöyilgan Saudiya Arabistoni çegarasi orqali yetkaziladi. Eron bunday vaziyatda Örmuz böğozi orqali Qatarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berişga tayyorligini ma'lum qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda dökonlardagi katta navbatlar, liq töla aravaçalar va böşab qolgan peştaxtalar suratlari çop etildi.

Saudiya Arabistoni bilan çegara Qatarning quruqlikdagi yagona çegarasi hisoblanadi. 2,2 mln lik aholiga ega davlat birinçi navbatda Fors körfazi davlatlaridan yetkaziluvçi oziq-ovqat mahsulotlari importiga kuçli boğlangan. 2015 yilda Qatarning Saudiya Arabistonining özidan import qilgan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 896 mln dollarni taşkil qilgan. 2014 yilda Qatar oziq-ovqat xavfsizligi milliy dasturini qabul qilgan. Unga köra, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari importini kamaytiriş va mamlakatda ularni işlab çiqariş hajmini oşiriş nazarda tutilgan. Dasturga köra, 2030 yilga kelib Qatar oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojining 40 foizini mahalliy işlab çiqaruvçilar hisobiga qondirmoqçi.

5 iyun kuni ertalab birvarakayiga 4 arab davlati – Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzişini e'lon qildi. Bunga esa Dohaning mintaqadagi terrorçilik guruhlarini qöllab-quvvatlaşi sabab qilib körsatilgan. Keyinroq Doha bilan aloqalarni uzgan davlatlar qatoriga Yaman, Maldiv Respublikasi, Liviyaning muvaqqat hukumati va Mavrikiy qöşilgan.




















