Myanmada radarlardan yöqolgan harbiy samolyot qulab tuşgani ma'lum böldi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.

Agentlik ma'lumotiga köra, 105 harbiy va ekipajning 11 a'zosi bölgan samolyot bölaklari dengizdan topildi.

"Kutilmaganda soat 13:35da (Toşkent vaqti bilan soat 12:35) aloqa uzildi. Bu vaqtda samolyot Tavoy şahridan taxminan 20 milya masofada bölgan", deya Myanma armiyasi rahbarining sözlarini keltirgan agentlik.

Samolyot mamlakat janubidagi Mey şahridan poytaxt Yangon şahriga uçayotgan bölgan. Andaman dengizi ustida uçayotganida samolyot halokatga uçragan. Hukumat qidiruv-qutqaruv amaliyotiga flot va aviatsiyani jalb qildi.

Frans Press ma'lumotiga köra, samolyot harbiy xizmatçilarning oilalarini olib ketayotgandi.