«Real» «Mançester Yunayted»ning Alvaro Morata transferi böyiça söroviga rad javobini berdi. Bu haqda The Guardian naşri xabar tarqatmoqda.

Manba bergan ma'lumotga köra, ingliz klubi 24 yoşli Ispaniya terma jamoasi hujumçisiga 60 million yevro taklif qilgan, ammo madridliklar darhol rad javobini berişgan. «Real» Moratani 90 million yevroga evazigagina sotişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, oldinroq «MYu» futbolçi transferini darvozabon David De Xea transferini bir qismiga aylantiriş taklifini ham bergandi.

Ma'lumot uçun, Morata joriy mavsumda Ispaniya çempionatining 26 uçraşuvida qatnaşib 15 gol va 5ta golli uzatma muallifiga aylangan.