Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi şanba, 10 iyun kuni Samarqandga keladi. U Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan uçraşişi rejalaştirilgan.
BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş 8 iyun kuni Markaziy Osiyo davlatlari böylab safarini boşlaydi: u Qozoğiston, Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonga boradi.
Boş kotib şanba kuni Samarqandga keladi hamda mamlakat rahbari bilan uçraşadi. Kunning ikkinçi yarmida esa Guterriş Nukusga borib, Orol dengizidagi kemalar qabristoniga taşrif buyurişi rejalaştirilgan.












