Oliy Majlisi Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Italiya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Andrea Bertotstsi bilan uçraşdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma'lum qildi.

Italiya elçisi taşqi siyosiy faoliyatni amalga oşiriş, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, çet el investitsiyalarini jalb qiliş, turizmni rivojlantirişda mamlakat parlamentining roli oşganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bölib ötgan uçraşuv davomida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantiriş, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, Özbekiston va Italiya örtasidagi parlamentlararo özaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuvda tomonlar özaro qiziqiş uyğotgan xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almaşdi.