BMT ma'lumotlariga köra, bugun dunyo böyiça 260 million bola maktabga boriş imkoniyatiga ega emas. Yana 400 milliondan ortiği na yoziş, na öqişni biladi. Agar bu holatga qarşi zarur çora-tadbirlar körilmasa, 2030 yilga borib, yoş avlod vakillarining 800 millionga yaqini işga joylaşiş uçun ötkaziladigan suhbatlarda oddiygina savollarga ham javob berolmaydigan darajaga tuşişi mumkin.

Albatta, yuqoridagi raqamlar hammani çuqur muşohadaga çorlaydi. Zero, inson bilim, könikma va kasbu korga ega bölibgina qadr topişi, e'zozlanişi mumkin. Şu nuqtai nazardan olib qaraganda, yurtimiz aholisini savodli qiliş, zamon uçun kerakli mutaxassis sifatida şakllanişiga kömaklaşiş, salohiyatini keng namoyiş etişiga imkoniyat yaratiş davlatimiz yuritayotgan siyosatning tub mazmun-mohiyatini taşkil qiladi. Konstitutsiyamizning 41-moddasida “Har kim bilim oliş huquqiga ega. Bepul umumiy ta'lim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi...” yoki 64-moddadagi “Ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburdirlar” degan jumlalar zamirida farzandlarimiz kamoloti, baxtini körişdek ezgu ğoya mujassam.

Mutaxassislarning aytişiça, bolaga maktabga çiqquniça bölgan davrda ta'lim-tarbiya beriş uning kelgusidagi rivojlanişida mustahkam poydevor vazifasini ötaydi. Inson öz umri davomida egallaydigan barça ma'lumotning 70 foizini 5 yoşgaça davrida olişi haqidagi xulosa ham köp yillik tadqiqot natijasidir. Şu ma'noda, yurtimizda ta'lim-tarbiyaning muhim böğini hisoblangan boğçalar faoliyatini rivojlantiriş böyiça bir qança sa'y-harakatlar olib borilmoqda. 1997 yilda kuçga kirgan “Ta'lim töğrisida”gi Qonunning 11-moddasida “Maktabgaça ta'lim bola şaxsini soğlom va yetuk, maktabda öqişga tayyorlangan tarzda şakllantiriş maqsadini közlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoşgaça oilada, bolalar boğçasida va mulk şaklidan qat'i nazar, boşqa ta'lim muassasalarida olib boriladi” deb yozilganida ham bolalarga, ya'ni ertangi kunimiz davomçilariga körsatilgan ulkan mehr hamda ğamxörlikning yorqin namunasi, desak, yanglişmagan bölamiz.

Tafovutga nima sabab?

Xalq ta'limi vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, respublikamiz böyiça jami 4916 ta maktabgaça ta'lim muassasasida qariyb 668,5 ming nafar bolalar tarbiyalanmoqda. Şuningdek, 194 ta nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi mavjud bölib, ularda 12 ming nafarga yaqin tarbiyalanuvçilar qamrab olingan. Xöş, bu raqamlar “Yurtimizdagi boğça yoşidagi öğil-qizlarning barçasi maktabgaça ta'lim muassasalariga qatnaydimi?” degan savolga qançalik javob bera oladi?! Afsuski, aytadigan raqamimiz heç birimizni qanoatlantirmasligi turgan gap. Çunki hozirgi paytda respublikamiz böyiça maktabgaça ta'lim sohasida bolalarni qamrab oliş 27 foizni taşkil qilayapti. Demak, yetmiş foizdan köproq öğil-qizlar tarbiyani, asosan, oilada, ota-onasidan olmoqda. Psixologiya fanlari nomzodi Feruza Akramovaning ta'kidlaşiça, boğçaga çiqmay, maktabga qatnagan bola fanlarni özlaştirişda köplab qiyinçiliklarga duç keladi. Tengdoşlariga nisbatan har jihatdan sust iştirok etadi. Aksinça, maktabgaça ta'lim muassasasiga qatnab, boşlanğiç ­sinfga qadam qöygan öğil-­qizlarning körsatkiçlari birmunça yaxşi böladi.