Elektrokarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Tesla kompaniyasi aksiyadorlar majlisi doirasida qimmatli qoğozlar egalariga yangi ixçam krossover tizerini namoyiş qildi. Hozirça, uning Model Y deb atalişi ma'lum. Tizer suratini InsideEVs e'lon qildi.

Şu bilan birga, yangi elektromobilning texnik tafsilotlari ham oşkor qilinmagan. Tesla rahbari Ilon Maskning sözlariga köra, krossover Model 3 platformasida barpo etilmaydi. Çunki, uning fikriça, Model S negizida Model X elektrokarini işlab çiqiş xato bölgan. 

Mask qayd etganidek, Tesla Model Y’ning seriyali namunasi 2019 yilda paydo böladi. Uning taxminiça, yöltanlamasga bölgan talab Model 3 talabidan ortib ketadi.

Tesla Model Y eşiklari tepaga oçiladigan bölişi ehtimol. Bu kabi eşiklar Model X’da ham qöllaniladi. Bundan taşqari, u yangi avlod avtopilotiga ega böladi. 

Tesla kompaniyasi rejalariga, şuningdek, bir neçta yangi elektrokarlarni işlab çiqiş kiradi. Xususan, kompaniya Roadster modelini tiklaşni, yuk maşinasi va şahar elektrobusini işlab çiqişni rejalaştirmoqda.