Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda ijtimoiy imtiyozlar bekor qilinadi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammadov aholi uchun mavjud ijtimoiy imtiyozlarni samarasiz deb atadi va barcha imtiyozlarni bekor qilishni talab qildi. Uning fikricha, ijtimoiy yordam manzilli bo‘lishi, ya'ni kim muhtoj bo‘lsa, o‘sha fuqaroga taqdim etilishi kerak. Turkmaniston davlat axborot agentligining xabar qilishicha, prezident imtiyozlar tizimini isloh qilish bo‘yicha taklifni ishlab chiqish vazifasini bosh vazir o‘rinbosari Byashimmurat Xojamammedovga topshirgan.
Ma'lumki, Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurat Niyozov 1993 yilda fuqarolar uchun imtiyozlarni joriy qilgan, shundan buyon, aholi ichimlik suvi, gaz va elektr energiyasiga haq to‘lamas edi.
Turkmaniston rahbari moliyaviy-iqtisodiy soha bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishda, moliya va iqtisod yo‘nalishlariga javob beruvchi mas'ullarni tanqid qilib, ularga hayfsan e'lon qilgan.
Mavzuga oid
21:45 / 30.05.2026
Turkmanistonda may oyi uchun eng issiq rekord harorat yangilandi
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026