Birlaşgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati Qatarga poçta jönatmalari yuborişni töxtatib qöydi. Bu haqda BAAning milliy poçta xizmati - Emirates Post Group saytida xabar qilingan.
"Emirates Post Group BAA hukumati topşiriğiga köra, 2017 yilning 6 iyunidan boşlab Qatarga barça turdagi poçtalarning yuborilişini töxtatdi", - deyiladi matbuot relizida.
5 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr, Yaman, Liviya muvaqqat hukumati, Maldiv Respublikasi va Mavrikiy Respublikasi Doha bilan diplomatik aloqalarni uzişgani haqida ma'lum qilişdi. Ularning fikriça, amirlik terrorizm va ekstremistik mafkurani qöllab-quvvatlaydi hamda arab davlatlariga nisbatan duşmanlik kayfiyatidagi siyosatni olib boradi. Keyinçalik ular safiga Mavritaniya va Komor qöşildi, Iordaniya va Jibuti esa diplomatik vakolatxonalari darajasini pasaytirişdi.













