Bugun, 8 iyun kuni Buyuk Britaniyada muddatidan avvalgi umummilliy saylovlar ötkazilmoqda.

Mahalliy vaqt bilan soat 07:00da (Toşkent vaqti bilan soat 11:00) boşlanadigan ovoz beriş 22:00ga qadar (Toşkent vaqti bilan 9 iyun kuni soat 02:00) ovoz beriş jarayoni yakunlariga köra 650 nafar deputatdan iborat Jamoa palatasining yangi tarkibi aniqlanadi.

Birlaşgan Qirollik hududida 40 mingdan ortiq saylov uçastkalari taşkil qilingan.

Hukumatdagi Tereza Mey boşçiligidagi Konservativlar partiyasidan taşqari saylovlarda yana asosiy uç siyosiy kuç iştirok etmoqda: Leyboristlar partiyasi (yetakçisi — Jyeremi Korbin), Liberal-demokratik partiya (yetakçisi — Tim Ferron) va Şotlandiya milliy partiyasi (yetakçisi — Nikola Sterjyen). Şuningdek, Jamoa palatasidagi 650 örin uçun Yaşillar, uelsliklarning "Playd Kamri" ("Uels partiyasi") va şimoliy irlandiyaliklarning 4 partiyasi: Demokratik yunionlar, Sotsial-demokratik leyboristlar, Olster yunionlar partiyasi va Şinn Feyn partiyalari kuraşadi.

Bu keyingi 3 yil içida britaniyaliklar uçinçi marta umummilliy saylovlarda ovoz berişi bölmoqda: avvalgi parlament saylovlari 2015 yilda ötkazilgan, 2016 yil yozida mamlakatning YeIga a'zoligi masalasida referendum bölib ötgandi.

Jamoa palatasini tarqatib yuboriş va 8 iyun kuni mamlakatda umummilliy saylovlar ötkaziş niyatini Tereza Mey 18 aprel ma'lum qilgan edi.

Boş vazir özining bu qarorini deputatlar orasida Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan çiqişi masalasida birdamlik yöqligi bilan izohlagan edi.

Buyuk Britaniyaning YeIdagi a'zoligi böyiça referendum ötgan yilning 23 iyun kuni bölib ötgan, unda 51,9 foizlik natija bilan yevrointegratsiyaga qarşi bölganlar ğalaba qozongandi. 2017 yilning 29 mart kuni esa Britaniya boş vaziri Tereza Mey Yevropa kengaşi rahbari Donald Tuskka maktub yuborib, unda YeIdan çiqiş jarayoni boşlangani haqida ma'lum qildi. Öşa paytdan boşlab YeI töğrisidagi Lissabon kelişuvining 50-moddasi kuçga kirdi hamda Buyuk Britaniyaning hamjamiyatdan çiqiş böyiça ikki yillik muzokaralar jarayoniga (Brexit jarayoni) start berildi.