Xitoyning harbiy-dengiz kuçlari raketa uçirişga möljallangan bir neça yuz qurilmani olib yura oladigan kemani yaratiş ustida iş olib bormoqda. Amerikalik mutaxassislarning fikriça, qurol-yaroğ kema deb ataluvçi bu kema AQŞ 1990-yillarda yaratmoqçi bölgan kemaga öxşaş böladi. Ma'lum qilinişiça, bu kema katta ölçamdagi suv osti yoki suv usti kemasi şaklida böladi.
Bu işlanma Xitoyga köp miqdorda qimmatbaho aviataşuvçi kemalar, esminetslar va kreyserlar yaratişga katta miqdorda mablağ sarflamasdan öz öt oçiş qudratini tez oşirişga imkon beradi.
Şu sabab bir neça ön oldin AQŞ şunday kemani yaratişga kirişgandi. Ulkan kemalarning ekipaji minimal sonda bölişi kerak. Kemada 500 tagaça vertikal holatda otuvçi raketa qurilmalari bölişi va ulardan har biri qanotli raketa, havo hujumiga qarşi mudofaa raketasi yoki ballistik raketalarni urib tuşiruvçi raketa bilan jihozlanişi mumkin. Bunday kemadan otilgan yuzlab raketalarning barbod qiluvçi samarasini aviataşuvçi kema bergan zarbaga qiyoslaş mumkin.
Taxmin qilinişiça, bunday ilk kema 2020 yildayoq paydo bölişi mumkin.












