Hindiston Şanxay hamkorlik taşkilotining (ŞHT) tölaqonli a'zosiga aylanmoqda. U taşkilotga Pokiston bir vaqtda kirmoqda. Mamlakat bu voqeaga ançadan beri tayyorgarlik körib keldi: 2005 yilda ŞHT kuzatuvçisiga aylandi. Jovaharlal Neru nomidagi Universitetning Rossiya va Markaziy Osiyo tadqiqotlari markazi rahbari, Yevroosiyo fondi direktori professor Arun Moxanti TASS’ga bergan intervyusida Hindistonga transmintaqaviy tuzilmaga kiriş nima berişi, bu ŞHTning boşqa a'zolari va jahon siyosatidagi umumiy kuçlar muvozanatiga qanday ta'sir körsatişi borasida öz fikrlarini bildirib ötdi.
— Hindistonda ŞHTga kirişga qanday qaraşmoqda?
— Hindiston – mintaqaviy va global katta maqsadlarga ega davlatdir. ŞHT – Yevroosiyo makonidagi eng yirik mintaqaviy taşkilot bölib, u xavfsizlikni ta'minlaş, terrorizm bilan kuraş, mintaqaviy va global miqyosda tinçlik hamda barqarorlikni uşlab turişda muhim örin tutadi.
Şuni aniq aytiş mumkinki, bu taşkilotga a'zolik mamlakatimizga uzoq muddatli istiqbolda foyda beradi, şuningdek, butun mintaqada tinçlik va farovonlikka xizmat qiladi. Hindiston boş vaziri Narendra Modi ta'kidlaganidek, “Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zoligimiz, Hindistonning iştirokçi davlatlar bilan munosabatlarining tabiiy davomidir, hamda Hindiston kelajagida mintaqaning örnini körsatib beradi”.
— Hindistonga taşkilotga kiriş nima beradi va bu uning boşqa a'zolariga qanday ta'sir körsatadi?
— Barça foydada qoladi: tuzilma ham, unga a'zo mamlakatlar ham. ŞHT öz faoliyatida ikki muhim yönalişga ega: sa'y-harakatlarni birlaştirgan holda xavfsizlikni kuçaytiriş va iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş. Terrorizm qurboni bölgan Hindiston, ŞHT a'zosi sifatida u bilan birgalikda kuraş borişdan juda manfaatdor. Şuningdek, Hindiston Markaziy Osiyo va Afğonistonda mintaqaviy barqarorlikni uşlab turişga öz hissasini qöşişi mumkin. Umuman olganda, aminmanki, ŞHT yanada nufuzli va kuçliroq bölib bormoqda.
— Hindiston uçun ŞHT doirasidagi hamkorlikda energetika sohasi qanday örin tutadi?
— ŞHT özining banki va energetika klubiga ega bölgani tufayli, taşkilot a'zolari bor bölgan infratuzilmadan bu sohadagi öz manfaatlarini qondirişda teng huquqlilik asosida foydalanişlari mumkin. Rossiya – energomanbalarni yetkazib beruvçi yirik davlat, Hindiston va Xitoy – katta iste'molçi davlatlar. ŞHT doirasidagi özaro muvofiqlaşuv jahon energetika bozorida barqarorlikni ta'minlaydi va barça davlatlarga – uning iştirokçilariga foyda keltiradi.












